Jamiyat | 12:40 / 29.01.2016
6064
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekkino» Milliy agentligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

2015 yilning 28 yanvar kuni «O‘zbekkino» Milliy agentligining 2015 yildagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbekkino» Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev raisligida o‘tgan yig‘ilishda Agentlik boshqarma va bo‘lim boshliqlari, tizimdagi korxona va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek, hududiy bo‘limlarning boshliqlari qatnashdi.

Kengaytirilgan yig‘ilishda dastlab Vazirlar Mahkamasining 2015 yilda respublikani ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida o‘tkazilgan majlisida belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi. Bundan tashqari, kinematografiya sanatini rivojlantirishga qaratilgan dastur loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida tizim tashkilotlari va hududiy bo‘limlar faoliyatiga taalluqli bir qator masalalar ham ko‘rib chiqildi.