Jahon | 09:35 / 29.01.2016
9432
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Rossiyaning Su-27 samolyoti AQSh HHK razvedkachi samolyotini Qora dengiz ustida taqib qilganini aytmoqda

AQSh harbiy-havo kuchlarining RC-135U razvedkachi samolyoti Qora dengiz ustidagi xalqaro havo hududida parvoz qilayotganida Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyoti tomonidan taqib qilindi. Bu haqda 28 yanvarda TASS muxbiriga AQSh Mudofaa vazirligining rasmiy vakili, podpolkovnik Mishel Baldanza ma'lum qildi.

“2016 yil 25 yanvarda Qora dengiz ustidagi xalqaro havo hududida odatdagidek yo‘nalish bo‘yicha parvoz qilayotgan AQShning RC-135U samolyoti Rossiyaning Su-27 samolyoti tomonidan xavfli va noprofessional tarzda taqib qilindi. Biz ushbu voqea tafsilotlarini aniqlashtirmoqdamiz”, deb aytdi Baldanza.

O‘z navbatida Washington Free Beacon resursi AQSh harbiylariga iqtibos keltirgan holda, Su-27 AQSh samolyotiga 20 futgacha (6 metrgacha) yaqinlashgani, u bilan bir muddat yonma-yon uchgani, so‘ngra yonga keskin burilib, uzoqlashib ketganini ma'lum qildi.