Jahon | 00:15 / 29.01.2016
6261
1 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov Grozniyda Islom banki yaratish rejasini ma'lum qildi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Grozniyda Islom banki yaratish rejasini ma'lum qildi. 

Qodirov o‘zining instagramdagi sahifasida bu loyihani BAAdan kelgan MAZKORP firmasi rahbarlari bilan muhokama qilganini yozgan.

Qodirovning aytishicha, tomonlar uchrashuvda “loyihani amalga oshirishni boshlashga kelishib olganlar”.

Qodirovning fikricha, bankning ochilishi mintaqa uchun katta ahamiyatga ega, chunki Chechenistonda “BAAdan jalb qilingan kapital ishtirokida yirik obektlar qurilishi olib borilmoqda”. Qodirovning ta'kidlashicha, bu rejalarning amalga oshirilishida islom banklarining yo‘qligi to‘siq bo‘lmoqda.