Jahon | 18:50 / 29.01.2016
6427
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonidagi masjidda terakt sodir etilishi tufayli 3 kishi halok bo‘ldi

29 yanvar, juma kuni Saudiya Arabistoni sharqidagi al-Axsa viloyati, Mahasan shahrida terakt sodir etildi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bergan.

Xabar qilinishicha, bu terakt shahardagi masjidda sodir etilgan. Natijada kamida 3 kishi halok bo‘lgan.

Guvohlarning ma'lumotiga ko‘ra, portlashdan keyin hududda otishma ovozlari eshitilgan. Qayd etilishicha, huquq tartibot organlari xodimlari 5 nafar jangari bilan otishma uyushtirishgan.

Hodisaning to‘liq tafsilotlari haqida ma'lumot berilmagan.