Jamiyat | 20:32 / 29.01.2016
8455
2 daqiqa o‘qiladi

Seuldagi akvariumda yirik akula boshqa akulani yutib yubordi

Seul shahridagi markaziy COEX akvariumidagi eng katta akula boshqa akulani yamladi. Bu hodisa "hudud uchun kurash" sifatida baholangan. Qayd etilishicha, COEX akvariumida ilk marta shunday holat yuz berishi hisoblanadi.

Reyter agentligida ma'lum qilinishicha, erkak jinsiga mansub 8 yoshli yo‘lbars akula 5 yoshli akulani tishlari orasiga tutib, yuta boshlagan. Uning uzunligi 2,2 m, qurbon bo‘lgan akulaniki esa 1,2 metrni tashkil qilishi aytilgan.

U qurboniga hujum qilganidan 10 daqiqa o‘tgach, u kichik akulani og‘zida tutib, akvarium bo‘ylab suza boshlagan.

O‘sha vaqtda akvariumda bo‘lganlarning guvohlik berishicha, 21 soatdan keyin katta akula og‘zidagi kichik akulaning dumi ham ko‘rinmay qolgan.

Akvarium xodimlarining aytishlaricha, kichik akula katta akulaning og‘zida yana 4-5 kun davomida turadi. Shundan so‘ng, uni hazm qila olmagan katta akula qayt qilib tashlaydi.