Jahon | 11:43 / 29.01.2016
3686
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya hukumati KXDR raketalari o‘z hududiga tahdid solgan taqdirda ularni urib tushirishga buyruq berdi

Yaponiya hukumati o‘zini-o‘zi himoya qilish maqsadida mamlakat hududiga xavf solishi mumkin bo‘lgan Shimoliy Koreya raketalarini urib tushirish bo‘yicha buyruq berdi. Bu haqda Kyodo agentligi mamlakat hukumatidagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisidaning ta'kidlashicha, hukumat mamlakat fuqarolarini himoya qilish uchun barcha chora-tadbirlarni ishga soladi. Yaponiya hukumati Bosh kotibi Yosixide Suga matbuot anjumanida mazkur harakat ogohlantirishsiz amalga oshirilishi mumkinligini alohida qayd etib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq amerikalik mutaxassislar Shimoliy Koreyaning kosmik harakatlari faollashgani haqida xabar berishgandi.