Jamiyat | 18:20 / 29.01.2016
30553
2 daqiqa o‘qiladi

Zebo Navro‘zova Asal Shodiyeva haqidagi fikrlarini aytdi

Rejissyor Zebo Navro‘zova o‘g‘illari va ijodiga oid savollarga javob berdi, deya yozmoqda "Bekajon" gazetasi.

Zebo Navro‘zova “Bekajon” nashriga bergan intervyusida gazeta muxbirining “Aktrisa Asal Shodiyevani bo‘lg‘usi kelinlikka o‘zingiz tanlagan edingiz, ammo negadir ikki yoshning munosabatlari uzoqqa cho‘zilmadi. Nima sababdan ularning munosabatlari to‘y bilan yakun topmadi?” degan savoliga quyidagicha javob berdi:

-Haqiqatdan ham, Asal Shodiyevani o‘zim tanlaganman. O‘zini, oilasini hurmat qilaman. San'atkor bo‘lsa ham hayoli, to‘g‘riso‘z, har xil ortiqcha mashg‘ulotlarga ishqiboz emas. Suratga olish ishlaridan bo‘shadimi, uyiga boradi, bemavrid ko‘chaga chiqmaydigan qiz. San'atkorlar orasida bundaylar juda kam, sababi san'at ahlining yurishi, ko‘chada yumushi ko‘p bo‘ladi. Shohruhxon ham uni hurmat qiladi, ular do‘st. Savolingizga aniq javob berishim qiyin. Ular birga bo‘ladimi yoki yo‘q, buni hayot ko‘rsatadi.