Jahon | 08:27 / 29.01.2016
2837
1 daqiqa o‘qiladi
Zika bezgagiga qarshi vaksina 2016 yil oxirigacha tayyor bo‘lishi mumkin
AQSh va Kanada olimlari Zika bezgagiga qarshi vaksina ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqdalar, bu vaksinaning ilk namunalari favqulodda zaruriyat vaziyatida 2016 yilning oxirigacha tayyor bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Laval shahri universitetidan kanadalik farmatsevt Geri Kobinjyerning agentlikka ma'lum qilishicha, vaksinani yaratish bo‘yicha konsorsiumga, shuningdek, Pensilvaniya universiteti, AQShning Inovio Pharmaceuticals va Janubiy Koreyaning GeneOne Life Science kompaniyalari kirgan.
Kobinjyerning aytishicha, vaksinaning klinik sinovlarini sentabrda o‘tkazish rejalashtirilmoqda, yil oxirigacha esa tegishli ruxsat olingandan keyin favqulodda foydalanish uchun tayyor bo‘ladi.