“Qarshi neft bazasi” unitar korxonasida 8 mlrd 802 mln so‘mlik 3260 tonna yoqilg‘i moylash mahsuloti tejashga erishildi
Oxirgi 10-15 yil butun dunyo uchun sinovli davrlarga aylandi. Jahon moliyaviy inqirozi, turli ekologik xavf-xatarlar, mamlakatlar va millatlararo nifoqlarning kuchayishi, terrorizm singari global miqyosdagi muammolar barchani o‘ylantirayotgan masalaga aylandi. Hatto ayrim mamlakatlar bugun iqtisodiy nochorlik botqog‘iga botdi, ko‘plab mintaqalar, davlatlar qonli to‘qnashuvlar, xudkushlik va birodarkushlik jabrini tortmoqda va yana necha-necha millatlar uchun tinchlik-xotirjamlik tushdagi ro‘yoga aylandi. Ana shunday murakkab davrda o‘zi tanlab olgan maqsadlar sari dadil odimlayotgan mamlakatimiz barcha soxalarda yuksak marralarga erishmoqda va bu jahon miqyosida e'tirof etilmoqda. Bunday yutuqlarlarning asosiy sababi mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, deyish mumkin.
Masalan, xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo‘lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o‘sish prognozlari bo‘yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy oldi. Bunday e'tirofga, albatta, shunchaki erishib bo‘lmaydi. Puxta o‘ylangan chora-tadbirlar, takomillashtirilayotgan qonunchilik bazasi, qat'iy tartib va barchada birdek ma'suliyat hissini shakllantira borish orqali ana shunday muvaffaqiyat qozonish mumkin.
“Qarshi neft bazasi” unitar korxonasi ham belgilangan vazifa va topshiriqlarga mas'uliyat bilan yondoshuvchi korxonalardan sanaladi. Qashqadaryo viloyati iqtisodiy hayotida o‘ziga xos o‘ringa va mavqega ega qishloq xo‘jaligi korxonalarini yoqig‘li moylash mahsulotlari bilan ta'minlashga ixtisoslashgan. Korxona jamoasining muvaffaqiyatlarini o‘tgan yili erishilgan ko‘rsatkichlar misolida ko‘rish mumkin.
Ma'lumotlarga ko‘ra, “Qarshi neft bazasi” unitar korxonasida o‘tgan 2015 yilda paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun qishloq xo‘jalik korxonalariga ajratilgan yoqilg‘i moylash mahsulotlari miqdori 37521 tonnani tashkil etgan. Mavjud extiyojlarning to‘liq o‘rganilishi natijasida, buyurtmachilarga 34261 tonna mahsulot yetkazib berilgan va ajratilgan yoqilg‘i moylash mahsulotlaridan 8 mlrd 802 mln so‘mlik 3260 tonna yoqilg‘i moylash mahsulotlari tejashga erishilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, “Qarshi neft bazasi” unitar korxonasi o‘tgan 2015 yilda xizmat ko‘rsatadigan tumanlar bo‘yicha paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun qishloq xo‘jalik korxonalariga ajratilgan yoqilg‘i moylash mahsulotlari miqdori 37521 tonnani tashkil etgan va barcha buyurtmalar o‘z vaqtida bajarilgan.
Tabiiy zaxiralar, albatta, abadiy emas. Ulardan oqilona foydalanish, maqsadli ishlatilishiga erishish va doimiy nazoratni ta'minlash muhim masala. Shu bois, korxona mavjud extiyojlarni to‘liq o‘rganib, mahsulotlarni o‘z vaqti va me'yorida yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan. Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, o‘tgan yilda yonilg‘i moylash mahsulotlarining maqsadli ishlatilishi va resurslarni tejash hisobiga 34261 tonna yetkazib berilgani holda, ajratilgan yonilg‘i moylash mahsulotlaridan 8 mlrd 802 mln so‘mlik 3260 tonna tejalishiga erishildi.
Har qanday jamoa muvaffaqiyatida kadrlar salohiyati birlamchi ahamiyat kasb etadi. Buni yaxshi anglagan “Qarshi neft bazasi” unitar korxonasi jamoaga bilim-salohiyatli, intiluvchan va tashabbuskor xodimlarni jalb qilishga intiladi. Bu yerda ustoz-shogirdlik an'analari ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Har yili o‘nlab yoshlar jamoa safini to‘lmoqda. O‘tgan 2015 yilda 25 nafar kollej bitiruvchisi ushbu jamoaning to‘laqonli a'zosiga aylandi.
Korxonaning 2016 yilgi dasturida o‘rmon xo‘jaliklari imkoniyatlaridan keng foydalanish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish jarayonlarini yonilg‘i moylash mahsulotlari bilan ta'minlash masalalari mavjud. Shuningdek, joriy yilda yonilg‘i moylash mahsulotlari yetkazib berish tizimini takomillashtirish orqali 1 mlrd 877 mln so‘m xarajat tejalishi ko‘zda tutilgan.