Sport | 19:13 / 30.01.2016
7299
1 daqiqa o‘qiladi
Gretsiyalik futbolchilar qochqinlar tufayli ikki daqiqa davomida maydonda o‘tirib, o‘yinni boshlamay turishdi
Gretsiyalik futbolchilar qochqinlar tufayli ikki daqiqa davomida maydonda o‘tirib, o‘yinni boshlamay turishdi. Shu yo‘l bilan “Larisa” va “Axarnaikos” futbolchilari qochqinlar qochqinlar bilan birdam ekanliklarini ifodaladilar.
Aytilishicha, mazkur aksiya Egey dengizini kesib o‘tib, Turkiyadan Gretsiyaga kelish chog‘ida halok bo‘lgan qochqinlar xotirasini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlab o‘tkazilgan.
O‘yin boshlanishiga hushtak chalinishi bilan ikkinchi divizion jamoalarining 22 nafar o‘yinchisi, murabbiylar, hakamlar va zaxira o‘yinchilari maydonga o‘tirib, ikki daqiqa davomida o‘rnilaridan turishmadi.
Players protest in 2nd Greek division today against EU which leaves every day hundreds refugees drown in Aegean sea pic.twitter.com/brn0cnPPoc
— When Sunday Comes (@WSCsm) 29 yanvarya 2016