Jahon | 16:10 / 30.01.2016
22365
1 daqiqa o‘qiladi
Livanda Isroildan uchib kelgan kalxat josuslikda gumon qilindi
Livanda Isroildagi qo‘riqxonadan uchib kelgan kalxat Livanning chegara yaqinidagi Bint-Jubayl shahri aholisi qo‘liga tushib qoldi.
"Interfaks" xabariga ko‘ra, kalxatning oyog‘iga Tel-Aviv universiteti belgisi tushirilgan GPS-treker o‘rnatilgan bo‘lgan. Mahalliy aholi esa uni ko‘rib, qush josuslik maqsadida uchirilgan, degan xayolga borgan. Shu sababli ular kalxatni simyog‘ochga bog‘lab qo‘yishgan.
Kalxat Isroil josusi emasligi ma'lum bo‘lganidan so‘ng qo‘yib yuborilgan.