Jamiyat | 01:32 / 31.01.2016
9277
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda "Disneylend"da nabirasiga ilon hujum qilganini ko‘rgan ayol qo‘rquvdan vafot etdi

AQShning Alabama shtatida yashovchi oila "Disneylend" ko‘ngilochar bog‘idagi "Ilonlar saltanati" attraksionidan qochib ketgan ilon ularning farzandiga hujum qilgandan keyin bog‘ni sudga bermoqchi. Bu haqda oila advokatiga iqtibos keltirgan holda NBC telekanali xabar bermoqda.

Advokatning aytishicha, ko‘ngilsiz voqea oqibatida bolaning buvisi vafot etgan – ayol nabirasiga ilon hujum qilganini ko‘rgandan keyin qo‘rquvdan yuragi to‘xtab qolgan.

"Disneylend" vakilining ma'lum qilishicha, oilaning arizasi aslida nima bo‘lganini noto‘g‘ri talqin qilmoqda. Uning aytishicha, ilon attraksionga tegishli bo‘lmagan, balki bog‘ga kirib qolgan yovvoyi ilon bo‘lgan. Bundan tashqari, ayolga tibbiy yordam chaqirtirilmagan. Bundan tashqari, oila bolaning jarohati bintlab qo‘yilgandan keyin yana bog‘ga qaytib kelgan.