Jahon | 22:39 / 31.01.2016
5583
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida shialar masjidida o‘zini portlatgan shaxs 22 yoshli yigit bo‘lib chiqdi

Saudiya Arabistonida shialar masjidida o‘zini portlatgan terrorchining shaxsi aniqlandi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Juma namozi vaqtida qirollik fuqarosi 22 yoshli Abdurahmon Abdulloh Sulaymon at-Tvijriy Al-Asxa viloyatidagi shialar masjidida o‘zini portlatib yuborgan. U bilan birga sherigi bo‘lgan, qo‘riqchilar uni yaralashga va ushlashga muvaffaq bo‘lganlar.

Terrorchi xudkush kamarini ishga tushirish oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 36 kishi yaralandi, ular orasida xavfsizlik xizmatining uch nafar xodimi bo‘lgan.
Ayni vaqtda terakt vaqtida jarohat olgan 17 kishi shifoxonalarda qolmoqda.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, xudkush avval namoyishlar va norozilik tadbirlarida ishtirok etgani uchun qo‘lga olingan bo‘lgan. Ushbu terakt yuzasidan tergov olib borilmoqda.