Jahon | 00:38 / 01.02.2016
6879
1 daqiqa o‘qiladi
Damashq chetida amalga oshirilgan terakt qurbonlari soni 60 dan oshib ketdi
Suriyaning poytaxti Damashq chetida amalga oshirilgan portlash oqibatida 60 dan ko‘proq odam, jumladan 25 nafar shia jangarisi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, uchta portlash yuz bergan. Manbaning ta'kidlashicha, avval avtobus bekatiga qo‘yilgan, ichida portlovchi moddalar bo‘lgan avtomobil portlagan. Odamlar jabrlanganlarga yordam berayotganlarida ikki nafar xudkush o‘zini portlatgan.
Ushbu terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.