O‘zbekiston | 20:26 / 01.02.2016
4845
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekneftgaz» «Yangiyer - Toshkent» gaz quvurini modernizatsiya qilish uchun 266 mln dollar yo‘naltiradi

«O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi 2015 yilning yozida katta yong‘in sodir bo‘lgan «Yangiyer — Toshkent» magistral gaz quvurida modernizatsiya ishlari olib borishga qaror qildi. Bu loyiha uchun 266 mln dollar yo‘naltiriladi va 3 yil sarflanadi.

Sputnik agentligi xabarida yozilishicha, modernizatsiya ishlari uchun kompaniya hisoblaridan mablag‘ ajratiladi.

Loyihaga ko‘ra, gaz quvuvrining 165 kilometrlik yangi uchastkasi qurilishi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 24 avgusti oqshomida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi «Do‘stlik» aholi punkti hududida (157 km) gaz quvurining portlashi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgandi.