Eron raketa dasturini davom ettirishini ma'lum qildi
Eron armiyasi boshlig‘i Oyatulloh Salohiy Eron o‘zining raketa dasturini davom ettirishini ma'lum qildi. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar berdi.
"Biz Eronga nisbatan bildirilgan tanqidga hech qanday e'tibor bermaymiz. Raketa dasturi yadroviy bitimni buzmaydi", deb aytdi Salohiy.
Salohiyning aytishicha, raketa dasturi qo‘shni davlatlar xavfsizligiga ham tahdid solmaydi.
Avvalroq Eron ballistik raketani sinovdan o‘tkazgani sabab Fransiya Yevropa Ittifoqini Eronga nisbatan yangi sanksiyalar kiritishga chaqirgani ma'lum qilingandi.
Shuningdek, AQSh ham Eronga nisbatan sanksiya kiritgan. Eronga kiritilgan sanksiyalar ro‘yxatiga Eronning 6 nafar fuqarosi, bir nafar Xitoy fuqarosi, BAAdan ikkita va Xitoydan bitta kompaniya, shuningdek, Anhui Land Group So. Limited va BAAning Candid General Trading LLC va Mabrooka Trading Co LLC. kompaniyalari kiritilgan.