Jahon | 11:38 / 04.02.2016
5050
2 daqiqa o‘qiladi

Klinton g‘alaba qozonsa, AQSh harbiylarini Iroq va Suriyaga yubormasligini aytdi

AQSh Prezidentiligi uchun nomzodlardan biri bo‘lgan demokrat Xillari Klinton saylovlarda g‘oliblikka erishsa, mamlakat armiyasini Iroq va Suridagi janglarga yuborishni to‘xtatishi haqida gapirgan. Klinton xonim bu fikrni chorshanba oqshomida Nyu-Hempshirdagi saylovchilar bilan o‘tkazilgan muloqotda tasdiqladi. CNN telekompaniyasi muloqotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatgan.

Sobiq “Birinchi xonim”, senator va AQShning Bosh kotibi 8 noyabr kungi saylovlarda g‘alaba qozinib, Oq uyga kelsa, “avantyurizm va bema'ni (harbiy) missiyalar”ga chek qo‘yadi.

"Men amerika harbiy qismlarini Iroq yoki Suriyaga jo‘natmayman, bu fojiaviy xato bo‘ldi”, deydi Klinton. Shu bilan birga u xorijdagi ana shunday va boshqa harbiy jarayonlarda AQSh ishtirokini kengaytirishni kafolatlaydigan holatda emasligini ham tan oldi.

Mazkur mavzu haqida berilgan savolga “Men xorijdagi turli ziddiyatlarda amerika armiyasining ishtirok etmasligi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solaman. Harbiy kuchlar har doim birinchi darajali vosita emas, balki eng so‘nggisi bo‘lishi kerak”, deya javob qaytargan Klinton xonim.