O‘zbekiston | 20:13 / 04.02.2016
28310
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 4 fevral kuni Toshkent viloyati hokimligida Viloyat xalq deputatlarining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

Majlisda shu vaqtga qadar Zangiota tumani hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Sodiq Abdullayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tayinladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovni yana bir farmoniga muvofiq, 2013 yilning aprelidan buyon Toshkent viloyatiga rahbarlik qilib kelayotgan Axmadjon Usmanov o‘z lavozimidan ozod etildi.

Usmanov Axmadjon Tugilovich 2013 yildan buyon Toshkent viloyatining hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Usmanov Ahmadjon undan oldinroq esa O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari (2003-2004 yy), Namangan IIB rahbari (2004-2006 yy) va Andijon viloyati hokimi (2006-2013 yy) lavozimlarida ishlagan.