Jamiyat | 18:52 / 06.02.2016
6874
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondagi qurilish obektida balandlikdan qulab halok bo‘ldi

O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan 19 yoshli mehnat muhojiri Qozog‘iston hududida fojiali tarzda halok bo‘ldi.

"Lada" nashri ma'lumotiga ko‘ra, bu hodisa 4 fevral kuni Janaozenda ro‘y bergan. Marhum yigit 2015 yildan buyon Mangistauda "Orken" mikrorayonida restoran qurilishida ishlab kelayotgan bo‘lgan. U ish vaqtida balandlikda muvozanatni yo‘qotib, pastga qulagan va jon bergan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, bu yigitning uyida rafiqasi va 6 oylib chaqalog‘i qolgan edi.

Bu hodisaning tafsilotlari tekshirilishi davom etayotgani aytilgan.

Mavzuga oid