Pentagon amerikalik harbiylarning Afg‘oniston va Iroqda asirlarni qiynoqqa solganini isbotlovchi suratlarni e'lon qildi
AQSh sudi Pentagonni amerikalik harbiylarning Afg‘oniston va Iroq hududida asirlarni qiynoqqa solganini isbotlovchi suratlarni e'lon qilishga majburladi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bergan.
Bu suratlar amerikaliklarning 2003 yildan buyon xorijda olib borgan harbiy harakatlariga aloqadorligi aytilgan. Taxmin qilinishicha, bu suratlar asosan Afg‘oniston va Iroqda, shuningdek, Guantanamoda asirlarning qiynoqqa solinganini ko‘rsatadi.
Bu Amerikadagi inson huquqlari tashkiloti bosimi ostida nashr qilindi. Ayni vaqtda Pentagon shunday 198ta suratni e'lon qilgan. Huquq faollari bunday fotosuratlardan jami 1800 dona borligini iddao qilishgan.
Bundan oldinroq, AQSh harbiysining iroqlik jangarining yonayotgan tanasi bilan tushgan surati paydo bo‘lgandi.