Toshkent davlat agrar universitetida “Munozara” turnirining fakultetlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi
2016 yil 2 favral kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Munozara” turnirining fakultetlararo final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, dotsent A.Abduvasikov, O‘zbekiston “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Sh.Zayniddinov, “Kamolot” YoIH Toshkent viloyati Kengashi matbuot bo‘limi mudiri A. Axmedov, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘lim mudiri Z. Samanova, “Kamolot” YoIH Qibray tumani mas'ul xodimlari, universitetning Ma'naviyat-ma'rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar, Qibray tumanida joylashgan kollej va maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, dotsent A.Abduvasikov munozara o‘yinlari haqida o‘z fikrlarni bildirib, bugungi kunda bahs olib borishning munozara usuli demokratik tamoyillarni va qadriyatlarni targ‘ib qilishda eng samarali vositalaridan biri ekanligi, munozara jarayonida shaxs o‘z fikrini aniq va erkin tarzda ifoda eta olish qobiliyatini shakllantirib borishi mumkinligi haqida gapirdi, o‘tgan 2014/2015 o‘quv yilida universitetning “Agroislohotchi” jamoasi “Munozara” turnirining respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallagani, bu yil ana shu ko‘rsatkichni yanada yuqori ko‘tarish lozimligi, bunda talabalarga juda katta mas'uliyat yuklanganligini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Turnirda O‘rmon xo‘jaligi va dorivor o‘simliklar fakultetining “Yurtim nihollari” va Agronomiya fakultetining “Istiqlol yoshlari” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Tasdiq jamoasining spikerlari G‘.Isroilov, Sh.Amanbayeva, M.Nig‘matillayev, Inkor jamoasidan J.Ibragimova, E.Ashurov, N.Hafizova ishtirok etdi. Ishtirokchilar “Mobil aloqa vositalaridan foydalanish foydadan ko‘ra zarar” mavzusida bahs olib bordilar. Ularni munozara qoidalariga qay darajada amal qilishi 2014/2015 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalari orasida o‘tkazilgan “Munozara” turnirlarida Toshkent shahar oliy ta'lim muassaslaridan faol ishtirok etgan O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalaridan iborat hakamlar hay'ati a'zolari baholab bordilar.
Munozara davomida har ikkala jamoa a'zolari fikrlarini aniq va tushunarli yetkazib berishga, tinglovchilarni o‘zining haqligiga ishontirishga, tanqidni to‘g‘ri qabul qilishga va jadallik bilan javob qaytarishga puxta tayyogarlik ko‘rganliklarini namoyish etdilar. Turnirda Inkor jamoasi a'zolari, ya'ni Agronomiya fakultetining “Istiqlol yoshlari”jamoasi g‘olib deb topildi. Turnir so‘ngida final o‘yinlarining 1, 2, 3 spikerlar Agronomiya fakulteti talabasi J.Ibragimova, O‘rmon xo‘jaligi va dorivor o‘simliklar fakulteti talabasi Sh.Amanbayeva final o‘yinlarida 3-o‘rinni egallagan Qishloq xo‘jaligida menejment fakulteti jamoasi a'zosi, O‘.Sultonova eng yaxshi spiker deb topildi.
G‘oliblarga “Kamolot” YoIH Toshkent viloyati Kengashining DIPLOM, FAXRIY YoRLIQ va estalik sovg‘alari topshirildi.