Jahon | 16:33 / 07.02.2016
5231
1 daqiqa o‘qiladi
BAA Suriyaga IShIDga qarshi quruqlikdagi janglar uchun qo‘shin kiritishga tayyor
Birlashgan Arab Amirliklari hukumati Suriyada IShID jangarilari qarshi o‘tkaziladigan quruqlikdagi harbiy amaliyotlar uchun o‘z qo‘shinini yubormoqchi. Bu haqda BAA hukumatidagi manbasiga tayangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Abu-Dabidagilarning ma'lum qilishicha, mamlakat IShIDga qarshi harbiy harakatlarini xalqaro koalitsiya doirasida amalga oshiradi.
Hozirda hech qaysi xorijiy mamlakatning harbiylari Suriya hududida IShIDga qarshi urush boshlamagan. Damashqda bu intervensiya rejasini yaxshi qabul qilishmayapti.
Bundan oldinroq, CNN telekanalida Saudiya Arabistoni va ittifoqchilari Suriyaga 150 ming kishilik qo‘shin kiritishga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi.