Jamiyat | 18:08 / 07.02.2016
21355
1 daqiqa o‘qiladi
Rayhon Ulasenova: Kinolarda kam suratga tushishimning sababi rolim uchun katta gonarar so‘rayman
Rol tanlaydigan aktrisaligi bilan tanilgan Rayhon Ulasenova o‘zining hozirgi kunda suratga olinayotgan kinolarda tez-tez ko‘rinish bermasligi sababini aytib o‘tdi.
Uning bu boradagi javoblari "Hordiq" gazetasiga bergan intervyusida keltirilgan.
"Rahmatli ustozim Mark Vayn "Rayhon sen yaxshi aktrisasan. Shuning uchun imkoniyatingni ochib beradigan rejissyor bilan ishlagin. Yaxshi ssenariy bo‘lsa puliga qarama, ammo ssenariydan ko‘ngling to‘lmasa, gonoraringni shu darajada baland aytginki, yaqiningga yo‘llay olmasin", deb maslahat berardi.
Shu paytga qadar o‘nga yaqin filmlarni ssenariysi yoqmagani uchun qaytardim. Gohida bu ishim xatomikan, deb o‘ylab qolaman va shu zahotiyoq ustozimning gaplarini eslab, yengil tortaman", - dedi aktrisa.