O‘zbekiston | 14:30 / 08.02.2016
12909
3 daqiqa o‘qiladi

TATUga yangi rektor tayinlandi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor o‘zgardi. «Gazeta.uz» nashri O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 5 fevraldagi qaroriga asoslangan holda xabar qilishicha, endi O‘tkir Hamdamov universitetning yangi rahbari etib tayinlangan.

Bundan oldin O‘tkir Hamdamov TATUning «Telekommunikatsiya texnologiyalari» fakulteti dekani sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

U yangi lavozimida Hakim Muhiddinovni almashtirgan. Hakim Muhiddinov bundan oldin turli yillarda «O‘zbektelekom» kompaniyasi direktori, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi rahbari, O‘zbekiston prezidentining fan, ta'lim va madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi, shuningdek Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

TATU - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (sobiq Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) 1955 yilda tashkil topgan. 2002 yilning 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-3080 Farmoniga binoan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirildi. 2005 yil 2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-91 sonli Qaroriga TATUning Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida mintaqaviy filiallar tashkil etilgan.

Universitet rasmiy saytidagi ma'lumotga ko‘ra, universitet va uning mintaqaviy filiallari tarkibida 13ta fakultet, 62ta kafedra mavjud bo‘lib, ta'limning 23 yo‘nalishi bo‘yicha, jumladan bakalavriatning 8 yangi yo‘nalishi va magistraturaning 9 yangi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni tayyorlanadi.

Universitet va uning mintaqaviy filiallarida 10242 talaba tahsil oladi, jumladan 9858 bakalavriat talabalari va 384 nafar magistrantlar tashkil etadi. So‘nggi yil ichida universitet 1 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, 5 nafar talaba Davlat nomli stipendiyasi, 32 nafar talaba aloqa sohasi stipendiyasi hamda 44 talaba respublika fan olimpiadalari va tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egallashdi. Universitetda 780 nafar professor-o‘qituvchilar ishlaydi, shulardan 204 nafari fan nomzodlari va dotsentlar. Ilmiy darajaga ega o‘qituvchilar umumiy sonidan 31 foizni tashkil etadi.