Bishkeklik ayolning puliga har kuni 30 dona buxanka sotib olinib, nochorlarga ulashilmoqda
Bishkekda noma'lum ayolning xayr-ehson qilgan pullariga har kuni yangi non sotib olinib, nochorlarga tarqatilmoqda.
"Bishkekning Gogol ko‘chasidagi pavilonlardan birida nochorlarga bepul non tarqatilmoqda", deb ma'lum qildi tarqatiladigan non sotib olinadigan do‘kon sotuvchisi Klara Xo‘jamqulova.
"Pavilonni bepul non bilan ta'minlaydigan ayol ismi-familiyasi noma'lum qolishini istaydi, intervyu berishdan bosh tortadi. U shunchaki nochorlarga yordam berishni xohlamoqda", deb aytmoqda sotuvchi.
Sotuvchining aytishicha, ayol har oy 16,5 ming qirg‘iz so‘mi ehson qiladi, bu kuniga 30 ta buxanka sotib olishga yetadi.
Uning ta'kidlashicha, non asosan pensionerlarga beriladi.
"Ba'zan biz o‘zimiz bunday yordamga muhtoj odamlarni izlaymiz. Bir marta chiqindixonada chiqindini titayotgan bir erkakni ko‘rib qoldik. U eski juldir kiyimda edi, biroq spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan odamga o‘xshamasdi. Biz unga buxanka berdik va u juda minnatdor bo‘ldi", deb aytmoqda ayol.
Non oluvchilarning barchasi noma'lum ayolga minnatdorchilik bildirib, sog‘liq tilashmoqda.
Manba: Sputnik