Iqtisodiyot | 06:37 / 09.02.2016
5032
1 daqiqa o‘qiladi

General Motors Misrdagi ishlab chiqarishini to‘xtatdi

AQShning General Motors konserni valyuta inqirozi tufayli Misrda avtomobillar ishlab chiqarishni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.    

"Butun avtomobil ishlab chiqarish tarmog‘i valyuta inqiroziga duch kelmoqda. Biz ba'zi detallarsiz avtomobillar ishlab chiqara olmaymiz", deb aytdi kompaniyadagi manba.

Manbaning aytishicha, ishlab chiqarish 7 fevraldan bojxona to‘lovlari bilan bog‘liq vaziyat tartibga solinmaguncha to‘xtatildi.

Avvalroq General Motors 2015 yilda rekord darajada 9,8 mln ta avtomobil sotgani ma'lum qilingandi.