Jahon | 18:44 / 09.02.2016
9754
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonda 64 tonna zaxiraga ega kondan bor-yo‘g‘i 2 kg oltin olindi
Qirg‘izistonning eng yirik oltin konlaridan birida o‘tgan yili bor-yo‘g‘i 2 kg oltin qazib olindi. Bu haqda davlat soliq xizmati raisi Zamirbek Usmonovga tayangan holda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, iqtisodiyotning bir qancha sohalari qatorida konlar bo‘yicha ham soliq kamomadi kuzatilgan.
“O‘tgan yili konlar bo‘yicha soliq kamomadi kuzatilgan, - dedi amaldor. – Masalan, Tollibuloq Levoberejniy konida ishlayotgan “Oltinkon” korxonasi. Ular o‘tgan yili ishga tushgan bo‘lishiga qaramay, qanaqadir texnik sababga ko‘ra ishlar olib borilmayapti. Sinov tartibida bor-yo‘g‘i 2 kg oltin chiqarildi. Ishtomberdida ham shunday vaziyat”.