Jahon | 00:21 / 10.02.2016
5710
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy koreyalik harbiylar Shimoliy Koreya raketasining qoldiqlarini aniqlashdi

Janubiy koreyalik harbiylar Shimoliy Koreya tomonidan 7 fevralda uchirilgan raketa-tashuvchi qoldiqlari deb taxmin qilinayotgan obektni aniqlashdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, harbiylar raketa bo‘lagi fotosuratini namoyish qilishgan.

Shimoliy Koreya 7 fevralda Soxe kosmodromidan ballistik raketa uchirdi. "Kvanmyoson-4" su'niy yo‘ldoshi bo‘lgan raketa kosmodromdan mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da fazoga ko‘tarilgan va 9 daqiqa 46 soniyadan keyin yo‘ldoshni berilgan orbitaga olib chiqqan.