Sport | 00:51 / 10.02.2016
5842
1 daqiqa o‘qiladi

Messi buyragidagi tosh olingandan keyin shifoxonani tark etdi

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi 9 fevralda buyragidan tosh olib tashlash bo‘yicha operatsiyani o‘tkazdi va shu kunning o‘zida shifoxonani tark etdi, deb xabar bermoqda Sport nashri.

Messi 8 fevralda o‘zini noxush sezgani uchun jamoa mashg‘ulotini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi, biroq klubda gap jiddiy narsa haqida ketmayotganini aytishgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Lionel yaqin kunlardayoq mashg‘ulotlarga qayta olishi mumkin. U 14 fevralda Ispaniya chempionatida "Selta"ga qarshi o‘yingacha tiklanib olish ehtimoli bor.

Joriy mavsumda 28 yoshli Messi Ispaniya Primerasida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Messining buyragidagi toshni olib tashlash uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi