Jahon | 08:42 / 11.02.2016
6629
2 daqiqa o‘qiladi

Eron diniy rahnamosi Hameneiy minglab mahbuslarni afv etdi

Eronning diniy rahnamosi oyatulloh Ali Hameneiy Islom inqilobi g‘alabasi kuni nishonlanishi munosabati bilan mingdan ko‘proq mahbuslarni afv etish haqidagi farmonni imzoladi, deb xabar berilmoqda oyatulloh rasmiy saytida.

"Eron islom inqilobining sharafli g‘alabasi kuni arafasida islom inqilobining rahbari va diniy yetakchisi 10 fevral kechki payt fuqarolik, inqilobiy va harbiy sudlar tomonidan jazolangan 1059 nafar mahbusni ozod qilish haqidagi sud hokimiyatining taklifiga rozi bo‘ldi", deyilmoqda xabarda.

Hameneiyga mahbuslarni afv etish iltimosnomasi Eron oliy sudi rahbari, oyatulloh Sodiq Amoli Larijaniy tomonidan yo‘llangan.

Eron islom inqilobining boshlanish sanasi 1978 yil 8 yanvar hisoblanadi. Bu inqilob oqibatida Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy taxtdan ag‘darilgan va yangi ma'muriyat o‘rnatilgan, unga oyatulloh Ali Hameneiy boshchilik qilgan.

11 fevral Eronda har yili Eron islom inqilobi g‘alabasi kuni sifatida nishonlanadi.