FT: Suriyaning kelajagi uning qo‘shnilari qo‘lida
Suriyaning kelajagi katta jihatdan u bilan qo‘shni davlatlarga bog‘liq, deb yozmoqda Financial Times nashri.
Nashrning ta'kidlashicha, Yaqin Sharqda sahna oldida o‘z shartlarini diktovka qilayotgan hududiy "aktyorlar" turibdi. Mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi kelishmovchiliklarga qaramasdan Suriyada o‘z harakatlarini muvofiqlashtira olgan Rossiya va AQShdan emas, balki katta jihatda qo‘shni davlatlarning murosaga kelish uquvi va istagiga bog‘liq.
Ta'kidlanishicha, yaqin kunlargacha Suriyada Rossiya aviatsiyasi va Suriya hukumat qo‘shinlari kelishmagan holda harakat qilayotgandilar. Biroq Bashar Asad armiyasining Halabdagi muvaffaqiyatlari hamfikrlikni yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘linganidan darak beradi.
Biroq, Damashq tez orada g‘alabaga erishishga umid qilmasa bo‘ladi, chunki muholif kuchlar qo‘shni davlatlarga, misol uchun Turkiya va Saudiya Arabistoniga yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin.