Jahon | 11:41 / 12.02.2016
6157
1 daqiqa o‘qiladi
Musharraf: Pokiston razvedkasi Hindistondagi hujumlar uchun terrorchilarni tayyorlagan
Pokiston idoralararo razvedkasi (Inter-Services Intelligence. ISI) Hindiston hududida hujumlar tashkil etish uchun terrorchilarni tayyorlagan. Bu haqda Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf India Today TV kanali orqali namoyish etilgan intervyusida aytib o‘tdi.
“Idoralararo razvedka “Jayshi Muhammad” va “Lashkari Toyiba” terrorchilarini tayyorlagan, - ta'kidladi u. – Terrorchilik hujumlari va kurash asosiy masala hal bo‘lmagunga qadar davom etadi”.
Bunda u Kashmir mojarosini nazarda tutdi.
“Lekin siz uni hal qilishni xohlamayapsiz, - dedi Musharraf hindistonliklarga qarab. – Kashmirda jang qilayotgan har bir kishi mustaqillik kurashchisidir. Bu masalada progressga erisha olamiz deb o‘ylamayman”.