O‘zbekiston | 18:41 / 12.02.2016
8489
1 daqiqa o‘qiladi

TIV: O‘zbekistonga nobiometrik pasport bilan muammosiz qaytish mumkin

O‘zbekiston fuqarosining nobiometrik pasporti, agar amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa, pasport egasi tomonidan faqat O‘zbekistonga qaytish hujjati sifatida ishlatilishi mumkin.

"O‘zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining nobiometrik pasporti amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa pasport egasi tomonidan faqat O‘zbekiston Respublikasiga qaytish hujjati sifatida ishlatilishi mumkin. Ushu pasport O‘zbekistonga qaytayotganda uchinchi davlat hududidan tranzit o‘tishga ham ishlatilishi mumkin", deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi saytida.

Mazkur ma'lumot xorijiy davlatlarga yetkazilishi aytilgan.

Ushbu tartib xorijiy mamlakatlarning tegishli idoralari tomonidan o‘zlarining joylardagi bo‘limlariga yetkazilganidan so‘ng 2018 yilning 1 iyuliga qadar amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasidan xorijga chiqishlari uchun biometrik pasport talab qilinadi.