O‘zdavraqobat: KPMG O‘zbekistonga qaytishni rejalashtirmoqda
2016 yilning 10 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasida KPMG xalqaro auditorlik tashkilotining Rossiya va MDH mamlakatlari bo‘yicha boshqaruv raisi Oleg Goshchansky bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida Hukumat tomonidan qabul qilingan xususiylashtirish dasturlari, jumladan strategik xorijiy investorlar uchun sotilishi belgilangan davlat aktivlari hamda ular uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.
KPMG vakili O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, qulay tadbirkorlik muhiti hamda iqtisodiyotda xususiy mulk ulushini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat dasturlari ushu tashkilotni mamlakatimizda o‘z faoliyatini boshlashi uchun qiziqish uyg‘otganligini ta'kidlab o‘tdi.
Shuningdek, tomonlar mazkur auditorlik tashkilotini O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tish, audit va baholash faoliyati bo‘yicha davlat tomonidan ruxsatnomalar (litsenziya) berish tartibi va kelgusidagi boshqa istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.