Jahon | 15:57 / 12.02.2016
5374
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya rasmiylari Erdo‘g‘anning prankerlar bilan suhbatini inkor qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma'muriyati vakillari rossiyalik prankerlar Vovan va Lexus davlat rahbariga qo‘ng‘iroq qilganini inkor etmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi.

“Men bu qo‘ng‘iroq haqida hech narsa eshitganim yo‘q, prezidentga shunchaki qo‘ng‘iroq qilib bo‘lmaydi. Bu soxta xabar, negaki bunday muzokaralar maxsus aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi”, - dedi vakil.

Ilgariroq rossiyalik prankerlar Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk nomidan Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilganlarini da'vo qilib chiqishgan edi.