Jahon | 21:38 / 13.02.2016
4561
1 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi Vatikanning O‘zbekistondagi elchisini BMT huzuridagi rasmiy vakili etib tayinladi

Rim papasi Frantsisk 13 fevralda Vatikanning O‘zbekiston Rossiyadagi elchisi arxiyepiskop Ivan Yurkovichni Jyenevadagi BMT tuzilmalari va Jahon savdo tashkilotidagi Muqaddas taxtning doimiy vakili etib tayinladi.

Ivan Yurkovich 1952 yilda Sloveniyaning Kocheve shahrida tug‘ilgan.

Yurkovich Janubiy Koreya apostollik nuntsiaturasining kotibi, Kolumbiyadagi apostollik nuntsiaturasining auditori, Muqaddas taxtning Rossiyadagi vakolotxonasidagi kotibi, shuningdek, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kotibiyatida maslahatchi bo‘lib ishlagan.

Yurkovich 2001 yilda yepiskoplik darajasiga va Rim papasi Ioann Pavel II tomonidan arxiyepiskoplik sharafiga ko‘tarilgan. Yurkovich rus tilini yaxshi biladi, chunki Moskvadagi katolik diniy kollejida diniy huquqdan saboq bergan.

Yurkovich sloven va rus tilidan tashqari, italyan, ingliz, ispan, nemis, fransuz va ukraina tillarida erkin gaplasha oladi.

Manba: Sputniknews