O‘zbekiston | 20:09 / 15.02.2016
4163
1 daqiqa o‘qiladi

Elektron tijoratning qoidalari ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasidagi elektron tijorat qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumatning qarorining loyihasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga muhokama jarayoni uchun joylashtirildi. Bu haqida «Gazeta.uz» xabar berdi. Muhokama fevral oyi yakuniga qadar davom etadi.

Mazkur hujjatda ko‘ra, axborot tizimlaridan foydalanib tuzilgan shartnoma yozma shaklda bo‘ladi, tomonlar imzolagan va muhrlagan shartnoma bilan tenglashtiriladi.

Elektron tijorat shaklida mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va boshqa xizmat ko‘rsatish uchun ruxsat beruvchi hujjatga talab etilmaydi. Qolaversa, mahsulotlarni shaxsiy transport vositasi orqali yetkazib berish uchun ham litsenziya olish shart emas.

Shuningdek, loyiha qoidalarda elektron savdo maydonlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan shakllantiriladigan veb-saytlar va boshqa elektron manbalar yagona ro‘yxatiga kiritilishi kerakligi ko‘zda tutilgan.