Jahon | 20:49 / 15.02.2016
8657
1 daqiqa o‘qiladi

IShID Dog‘istondagi portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

IShID Rossiyaning Dog‘istonidagi politsiya postida yuz bergan portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters xabar tarqatgan.

Agentlik xabarida IShIDning Kavkazdagi filiali a'zolaridan birining tvitteridan iqtibos keltirilgan.

Xabarda IShID tarafdorlaridan biri portlovchi qurilma o‘rnatilgan mashinada politsiya postiga kelgani va teraktni amalga oshirgani aytilgan. Bu portlash natijasida 4 kishi halok bo‘lib, 15 kishi jarohatlangan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Dog‘iston boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.