Jamiyat | 22:26 / 15.02.2016
7513
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyaning Koka shahridagi amaldorlar nindzya kiyimida ishlashni boshlashdi

Yaponiyaning g‘arbida joylashgan Koka shahridagi munitsipal xodimlar sayyohlarni jalb qilish maqsadida nindzyalar kiyimida ishlashni boshlashdi, deb xabar bermoqda NHK.

Siga prefekturasidagi Koka shahri feodal Yaponiya zamonlarida nindzyalarning mashhur shaharlaridan bo‘lgan. Koka qo‘shni Iga shahri bilan birga 2015 yilning 22 fevralini Nindzya kuni deb e'lon qilgandi.

Bu kunni ommalashtirish maqsadida mahalliy amaldorlar nindzya kiyimida ishga bora boshlashdi.

2014 yilda Tokioda nindzyalar kiyimidagi aktyorlar zamonaviy samuraylar bilan jangi sahnalashtiriladigan sayyohlik avtobuslari paydo bo‘lishi e'lon qilingandi.