Jamiyat | 15:03 / 16.02.2016
4578
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Afg‘oniston hududida 5 minggacha IShID jangarisi bo‘lishi mumkin

Yaqinda Hindistondagi terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konferensiyada qatnashib qaytgan Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdullaning ma'lumotiga ko‘ra, Afg‘on maxsus maxfiy xizmati Afg‘onistonda 4,5-5 ming nafar IShID a'zolari bor. Ular asosan Nangarxar va Faryob qishloqlari (Afg‘onistonning sharq va shimoli-g‘arbi) da to‘planishgan. Ularning taxminan 2 mingtasi moddiy manfaat tufayli “Tolibon”dan IShIDga o‘tgan afg‘onlar, qolgan 3 mingtasi arab mamlakatlari mahalliy aholisi va markaziy osiyo respublikalari vakillaridir”.

Terrorizmga qarshi xalqaro konferensiyasi 2-4 fevral kunlari Hindistonning shimoli-g‘arbiy shtati Rajastxanning Jaypur shaharchasida bo‘lib o‘tdi. Unda Hindiston prezidenti Pranaba Mukerji, mudofaa vaziri Manaxora Parrikara va bosh vazirning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ajita Dovala ishtirok etishdi.