Sport | 09:06 / 16.02.2016
6157
2 daqiqa o‘qiladi

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining barcha chorak final ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi

15 fevral kungi bahslardan keyin futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining guruh bosqichiga yakun yasaldi va chorak finalda to‘qnash keladigan juftliklar aniq bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi "A" guruhida 100 foizlik natija qayd etgan va chorak finalda "V" guruhidan ikkinchi o‘rin bilan chiqqan Iroqqa qarshi bahs olib boradi.

Ushbu juftlik g‘olibi yarim finalda Tailand-Avstraliya juftligi g‘olibiga qarshi maydonchaga chiqadi.

"S" guruhida Tailand termasi vetnamliklarni 3:1 hisobida yengdi va birinchi o‘rinni egalladi. Guruh autsayderlari bo‘lgan Tojikiston va Taybey o‘rtasidagi bahsda 3:3 hisobi qayd etildi. Bu guruhdan Tailand va Vetnam keyingi bosqichga o‘tdi.

"D" guruhida amaldagi Osiyo chempionlari bo‘lmish yaponiyaliklar Avstraliya termasini 3:1 hisobida yengdi. Qatarliklar esa malayziyaliklardan 6:2 hisobida ustun keldi. Bu guruhdan chorak finalga birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan Yaponiya hamda Avstraliya termalari yo‘l oladi.

Chorak final juftliklari quyidagicha tarkib topdi:

17 fevral, chorshanba
1) 16:00. O‘zbekiston - Iroq
2) 16:00. Tailand - Avstraliya
3) 19:00. Eron - Qirg‘iziston
4) 19:00. Yaponiya - Vetnam

5-o‘rin uchun bahslar
18 fevral, payshanba
1) 16:00. ChF-1 mag‘lubi - ChF-2 mag‘lubi
2) 16:00. ChF-3 mag‘lubi - ChF-4 mag‘lubi

19 fevral, juma
16:00. 1-juftlik g‘olibi - 2-juftlik g‘olibi

Yarim finallar
19 fevral, juma
16:00 ChF-1 g‘olibi - ChF-2 g‘olibi
19:00 ChF-3 g‘olibi - ChF-4 g‘olibi

21 fevral, yakshanba
16:00. 3-o‘rin uchun o‘yin
19:00. Final