Jamiyat | 17:34 / 16.02.2016
5343
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi maktablar uchun yangi darsliklar ishlab chiqishda xorijiy ekspertlar jalb etiladi

O‘zbekistonda 2016-2020 yillarda umumta'lim maktablari uchun yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish va chop etish Dasturi loyihasi tayyorlanmoqda. Bu haqda telegraf.uz xabar tarqatgan.

Xalq ta'limi vazirligining ma'lum qilishicha, yangi darsliklar ishlab chiqilishidan avval tizimga o‘quv fanlarini o‘rgatishning yangi standartlari joriy etiladi. Xususan, birinchi navbatda aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha yangi o‘quv metodikasini joriy etish ko‘zda tutilgan. Yangiliklar o‘quvchilarda o‘quv materiallarini amaliyotda yanada samarali qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirishga qaratiladi.

Yangi dasturlar bo‘yicha yangi darsliklar ham ishlab chiqiladi. Ushbu ishlarga yetakchi mahalliy mutaxassislardan tashqari, Germaniya, Singapur, Koreya Respublikasi va Yaponiyadagi eng yaxshi o‘quv markazlarining ekspertlari, shuningdek, xalqaro olimlar va mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilgan. Yangi darsliklarni yaratishda ingliz tili bo‘yicha zamonaviy darsliklarni ishlab chiqish va joriy etish tajribasi qo‘llanadi.