Erdo‘g‘on yana bir marta AQSh yoki Turkiyani yoki kurdlarni tanlashi kerakligini ta'kidladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yana bir marta AQSh yoki Turkiya yoki kurdlarni tanlashi kerakligini ma'lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Bundan oldinroq ham Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqara va Vashington o‘rtasidagi ishonch darajasi pasaygani, bunga amerikaliklarning Suriyadagi kurdlarni qo‘llab-quvvatlayotgani sababligi haqida aytib o‘tgandi.
U Barak Obamaning IShIDga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiyadagi maxsus vakili Bret Makgurkning Suriya shimolidagi kurdlar (“Demokratik kengash” partiyasi) nazorat ostida bo‘lgan hududga kelib, IShIDga qarshi kurash olib borayotgan kurd-arab alyansi vakillari bilan muzokaralar olib borganidan noroziligini bayon qilgandi.
O‘z navbatida “Demokratik kengash” partiyasi yetakchisi Murat Karaylan partiya jangchilari tomonidan Turkiyadagi shaharlarda harbiy harakatlar sodir etilishi bilan dag‘dag‘a qilgandi.
Erdo‘g‘on: Vashington Turkiya yoki kurdlardan birini tanlashi kerak
OAV: Erdo‘g‘an Vashington bilan ziddiyatga kirishdi