Forbes: Rossiya va Saudiya Arabistonining neft kelishuvi – behuda ish
OPeKga a'zo davlatlar va Rossiya tomonidan 16 fevralda qabul qilingan neft qazib olish darajasini muzlatish haqidagi kelishuv qisqartirish hisoblanmaydi va katta jihatdan behuda ishdir, deb yozmoqda Forbes jurnali.
Nashrning fikricha, bu kelishuv aslida o‘zidan biror muhim narsani namoyon qilmaydi. Xoynahoy u haqiqatan ham navbatdagi narxlarning "yolg‘on" o‘sishiga olib keladi, biroq bu narx uzoq vaqt saqlanib qolmaydi. OPeK daromadlarining o‘sishi ham vaqtinchalik bo‘ladi.
Saudiya Arabistoni neft vaziri Ali al-Naimiy neft qazib olish darajasini muzlatish haqidagi kelishuvni "umuman amalga oshirsa bo‘lishligini" aytib, bu kelishuvga boshqa davlatlar qo‘shilmaguncha sezilarli hech narsa o‘zgarmasligini nazarda tutdi. Chunki bu kelishuvda faqatgina Saudiya Arabistoni, Rossiya, Venesuela va Qatar ishtirok etmoqda.
Nashr sharhlovchisi Rossiya muzlatishni qo‘llab-quvvatlaganining muhimligini ta'kidlab o‘tdi. Uning fikricha, bundan ham muhimrog‘i, OPeKda bugungi kunda eng yuqori neft qazib olish hajmiga ega Iroq va neft eksport qilishni yana boshlagan Eronning ishtirok etmayotganidir.
Nashrning ta'kidlashicha, kelishuvdan keyin sezilarli o‘zgarishlar yuz berishiga ishonchning yo‘qligiga qaramasdan, istalgan harakatni ijobiy holat sifatida qabul qilish kerak.