O‘zbekiston futzalchilari OCh chorak finalida Iroqni yengib, JChga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
17 fevral kuni futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak finali uchrashuvlaridan birinchisi mezbon jamoa bo‘lmish O‘zbekiston termasi hamda Iroq terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.
O‘yinda 3:0 hisobida O‘zbekiston vakillari g‘alaba qilishdi va yarim finalga chiqishdi.
O‘yindagi gollarga Dilshod Rahmatov (18 va 39-daqiqalarda) hamda Nodir Eliboyev (31-daqiqada) mualliflik qilishdi.
Bu g‘alaba jamoaga yarim finalga chiqishdan tashqari Kolimbiyada o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanma taqdim etdi. Shu tariqda o‘zbekistonliklar futzal bo‘yicha jahon chempionatida o‘z tarixida ilk marta ishtirok etadi. Kolumbiyadagi jahon chempionati 2016 yilning 10 sentabridan 1 oktabrigacha bo‘lib o‘tadi.
Jamoani turnirda 19 fevral kuni Tailand termasiga qarshi o‘tkaziladigan yarim final o‘yini turibdi. Tailandliklar chorak finalda Avstraliyani 6:1 hisobida mag‘lub etishdi.
Futzal, Osiyo chempionati
Chorak final
O‘zbekiston - Iroq - 3:0
Gollar: Dilshod Rahmatov (18, 39), Nodir Eliboyev (31)
O‘zbekiston: Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov
Zaxira: Dilshod Irsaliyev, Nodir Eliboyev, Feruz Faxriddinov, Davron Choriyev, Javlon Anorov, Andrey Shlema, Jamoliddin Sharipov, Akmaljon Xazratqulov, Klim Tyugayev
Iroq: Muhammad Nur, Xussayn Ali Muhammad, Xasan Al Jabbor, Rafid Hamid, Volid Xolid
Zaxira: Mustafo Bachay, Firas Muhammad, Abulfadhel Abbos, Salim Faysal, Mohir Fadxil, Amjad Karim, Umar Sabti, Saif Abdulmalik.