Jamiyat | 10:01 / 18.02.2016
14287
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya shahzodasi "fillik dardi"ga davo topishga buyruq berdi

Saudiya qirolligi oilasi vakili 20 yildan beri "fillik" kasalligidan aziyat chekayotgan odamni davolash uchun buyruq berdi.

Madina shahrining g‘arbiy qismida masjid xizmatchisi bo‘lib ishlovchi bu odam ahvoli og‘irlashgach, o‘tgan haftada Saudiya gazetalari orqali yordam so‘rab murojaat qilgan.

“Sada” gazetasi Madina amiri shahzoda Faysal ibn Salmon bemorni Saudiya Arabistonida yoki boshqa mamlakatdagi maxsus tibbiyot markazlarida davolash uchun ko‘rsatma bergan.

“Biz shahzodadan ushbu bemorni zudlik bilan davolash yuzasidan telefon orqali ko‘rsatma oldik”, dedi gubernator Otman al-Arkani.

Ma'lumot uchun, fillik kasalligi tufayli inson tanasining qismlari ulkan hajmlarda shishib ketadi.