Yomon internet inson ruhiyatiga “dahshatli filmlar”dan ham ko‘proq ziyon keltirishi qayd etildi
MWC (Jahon Mobil Kongressi) 2016 yil arafasida Ericsson kompaniyasi Mobility Report hisoboti doirasida uyali tarmoq abonentlarining mobil aloqa sifatidan stressga tushish darajasining ahamiyati to‘g‘risida maxsus ma'ruza tayyorladi.
Ya'ni, tadqiqotchilar past sifatli aloqa inson ruhiyatiga qay darajada zarar keltirishini tushuntirishga urinishdi. Mazkur tadqiqotni amalga oshirish uchun insonlarning smartfondan foydalangan chog‘idagi emotsional holatini obektiv baholaydigan maxsus neyrotexnologiyalar qo‘llanildi.
Ko‘rsatilgan natijalar, hattoki, malakali tahlilchilarni ham hayratda qoldirgan.
Sayt va videolarni yuklab olishdagi kechikish paytida yurak urishining tezligi 38 foizga oshadi. Oqimli video translyatsiyasidagi olti soniyalik tanaffus stressning uch barobar ko‘tarilishiga olib keladi.
Taqqoslash uchun, xuddi shunday analogik stress holati matematika bo‘yicha test yechganda va yolg‘izlikda dahshatli film tomosha qilganda kuzatiladi.
Video ko‘rayotgan mahal sodir bo‘luvchi tanaffuslar ham asab tizimiga yetarlicha salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Yomon internet esa “dahshatli filmlar”dan ham xavfliroqdir.
Tadqikotlar natijasida olingan ma'lumotlarga ko‘ra, video uzatmalari kechikishining yo‘qligi iste'molchilarning operatorlarga bo‘lgan ishonch indeksining (NPS) 4.5 baravar oshishiga olib kelar ekan. Aks holda esa, NPS`ning o‘rtacha 4 baravar kamayishi kuzatiladi.