Jahon | 22:33 / 20.02.2016
9485
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Rossiya Yanukovichni hech qachon bermasligini aytdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni hech qachon Ukrainaga bermasligini aytdi. Bu haqda Poroshenko matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda "112 Ukraina" telekanali xabar bermoqda.

"Biz hammamiz yaxshi tushunamiz, Rossiya hech qachon Yanukovich, Zaxarchenko, Yakimenko va boshqa qotillarni bermaydi. Shuning uchun ularni sirtdan sud qilamiz. Biroq, buning uchun Oliy rada qonunchilikka ba'zi o‘zgartirishlarni kiritishi kerak. Sirtdan hukum chiqarish qamoqqa olishga imkon bermaydi, biroq odamlarni o‘ldirgan va davlatni talagan bu jinoyatchilarning mol-mulkini musodara qilishga imkon beradi", deb aytdi Poroshenko.