Nilufar Usmonovaning sobiq turmush o‘rtog‘i vafot etdi
Xonanda Nilufar Usmonovaning sobiq turmush o‘rtog‘i Navzodxon shu yilning 19 fevral sanasida vafot etdi. Bu haqida xonandaning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma'lum qilgan.
“19 fevral 2016 yil men uchun aziz bo‘lgan farzandim Saida'zamxonning otasi, sobiq turmush o‘rtog‘im Navzodxon omonatini topshirdi. Alloh joylarini jannat qilsin, oxiratlarini obod qilsin. Men sendan menga qachonlardir orzu bo‘lgan birinchi farzandimni sovg‘a qilganing uchun, o‘z vaqtida mehr berib hayotimdagi eng yaqin insonim bo‘lganing uchun bir umr minnatdorman, haqqingga doim duo qilaman. Aziz insonlar, bu dunyoda hamma ham xato qiladi, lekin Alloh sevgan bandalarini mana shu hayotda tirikligidayoq sinov berib, qay yo‘l bilan bo‘lsa-da gunohlaridan tozalab, o‘ziga olarkan. Yosh edi hali jon topshirishga... Lekin Allohga shak keltirib bo‘larmidi... Sendan o‘g‘ling menga meros qoldi, men sendan roziman va bir umr minnatdorman. Har birimizning borar joyimiz mana shu qaro tuproq ekan. Saida'zamxon, bolam hali yoshsan, tushunmassan, lekin hamdardligimni qabul qil. Alloh senga sabr bersin, baxtimga umring uzoq bo‘lsin. Baxtingga biz doim bor bo‘laylik”, - deya yozadi xonanda.
Ma'lumot uchun, xonandaning keyingi turmushidan Ibrohim va Sulaymon ismli yana 2 o‘g‘li bor.