Rossiya Davlat dumasi qirg‘izistonliklarning mamlakatda yashash qoidalarini soddalashtirdi
Rossiya Federetsiyasi Qirg‘iziston fuqarolarining mamlakatda kelgan manzili bo‘yicha yashash muddatini 30 kunga uzaytirganligi haqida Qirg‘iziston bilan kelishib olganini tasdiqladi.
Amaldagi qonunchilikka binoan, Rossiyada vaqtincha yashayotgan chet ellik fuqarolar kelgan kunidan boshlab yetti ish kunidan kam bo‘lmagan muddatda kelgan joyida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
Kelishuv Sankt-Peterburg shahrida 19 iyunda imzolangan. Kelishuv Yevroosiyo iqtisodiy uyushmasi to‘g‘risidagi shartnoma qonunlariga, shuningdek, Rossiyaning boshqa xalqaro shartnomalari qonunlariga zid emas.
Kelishuvning amalga oshishi Rossiya Federatsiyasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning rivojiga ko‘mak bo‘ladi va federal byudjyetdan ortiqcha xarajatlarni talab qilmaydi.